“Real” bosh skauti Angliyadan o‘zini hayratga solgan yulduzni olib keladi

  • 7 dekabr, 12:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Deklan Raysni transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga kirishdi.

Tecno

“Qirollik klubi”ning bosh skauti Juni Kalafat angliyalik futbolchining yaqinda Chempionlar Ligasi doirasida “Bavariya”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinidan (3:1 hisobida “kanonirlar” g‘alaba qozondi) hayratga tushgan.

Musobaqaning markaziy uchrashuvi sifatida e’tirof etilgan o‘sha bahsda aynan 26 yoshli xavbek eng yaxshi o‘yinchi sovriniga loyiq topildi.

E-Noticies nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “Real” yaqin kelajakda Angliya terma jamoasi yulduzini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Transfermarkt portali Deklan Raysning narxini 120 million evroga baholamoqda.

Futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan bo‘lib, tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!