
“Real” braziliyalik hujumchi ketganini e’lon qildi
“Real” klubining rasmiy sayti transfer oynasi yakunlanishi arafasida hujumkor futbolchi Reyner boshqa jamoaga o‘tganini e’lon qildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, 22 yoshli iste’dod egasi Ispaniya Segundasida ishtirok etayotgan “Granada” jamoasiga ijaraga berib yuborilgan.
2020 yilning yanvarida Reynerni “Flamengo”dan 30 million evroga transfer qilgandi. Biroq bu xarid o‘zini oqlamadi. Madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmagan o‘yinchi hozirga qadar “Borussiya Dortmund”, “Jirona”, “Frozinone”kabi klublarda ijarada o‘ynadi.
Reynerning amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi. Futbolchining hozirgi narxi 3,5 million evroga tushib qolgan.
Fikrlar