“Real”: Bu futbolchini hech kimga bermaymiz, hatto “Siti”ga ham!

  • 16 noyabr, 14:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni Xabi Alonso qabul qilib olganidan keyin jamoaning turkliyalik legioneri Arde Gyulerning ishlari yurishib ketdi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida 20 yoshli yarim himoyachi jamoaning asosiy o‘yinchilari darajasiga ko‘tarildi.

Tecno

Gyuler ayni paytda bir necha grand klublar, xususan, Angliya Premer-ligasi musobaqa jadvalida dastlabki ikki pog‘onani egallab turgan “Arsenal” va “Manchester Siti” nishoniga tushgan.  

Ammo Transfer News Live  va Defensa Central kabi manbalarning  ma’lumotlariga ko‘ra, “Real” bu o‘yinchini qo‘yib yubormoqchi emas.

Arda Gyuler “Real” safida 77 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 17 ta assist amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli yarim himoyachining qiymati 60 million evroni tashkil qiladi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!