“Real”: Bu yulduzni olmaymiz dedik-ku!

  • 15.01.2026 14:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubiga qishki transfer oynasi davrida  Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Ibrohim Konatening xizmatlarini taklif qilishdi.

Defensa Central nashri ma'lumotlariga koʻra, “Qirollik klubi” fransiyalik futbolchini 20 million yevro evaziga qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega edi. Biroq madridliklar keskin rad javobini berdi.

“Real” rahbariyati yanvar oyida fransuz himoyachisini tarkibga qoʻshish niyati yoʻqligini aniq bildirib qoʻydi. Klub Konatening vaziyatini yozda qayta baholaydi, uning mavsumning ikkinchi yarmidagi oʻyinlarini diqqat bilan kuzatadi.

Konatening “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi. 26 yoshli markaziy himoyachining transfer qiymati hozirda 50 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!