"Real" bugungi durangdan so‘ng peshqadamlikni saqlab qoldimi?

  • 24.11.2025 03:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasining 13-turi ham o‘z nihoyasiga etmoqda. 
 
Ushbu tur doirasida "Real Madrid" "Elche" bilan bahs olib borib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi va 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. "Barselona" esa o‘z uyida "Atletik Bilbao"ni yanchib tashladi (4:0). Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko Madrid" "Xetafe" bilan kuch sinashdi va avtogol evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, kuchli to‘rtlikdan o‘rin olgan "Vilyarreal" ham "Malorka"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, muhim g‘alabaga erishgan edi. 
 
Mazkur bellashuvlardan so‘ng Alonso boshchiligidagi "qirollik klubi" 32 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi. "Barselona" bilan farq esa 1 ochkogacha qisqardi. 3-o‘rinni esa 29 ochko bilan "Vilyarreal" egalladi. Kuchli to‘rtlikni "matraschilar" yakunlab bermoqda (28 ochko).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!