"Real" chempionlik poygasidan chiqdimi?
“Real” Madrid kecha La Liganing 18-turida o‘z maydonida “Real Sosedad”ga (2:0) mag‘lub bo‘ldi va musobaqa jadvalida 5-o‘ringa tushib ketdi.
Qayd etish lozimki, “qirollik klubi” ayni damda peshqadam “Barselona”dan naqd 10 ochkoga ortda qolmoqda.
MisterChip tarqatgan xabarga ko‘ra La Liga tarixida peshqadamdan 9 ochko va undan ko‘p ochko ortda qolib ketgan klub hech qachon chempion bo‘la olmagan. Agar statistikalarga qarasak Solari shogirdlari bu mavsum mamlakat chempionlik poygasidan chiqishdi.

Fikrlar