
"Real" Devis transferi uchun taklif tayyorlamoqda
Madridning "Real" klubi "Bavariya" chap qanot himoyachisi Alfonso Devis transferi uchun birinchi taklifni tayyorlanmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Avvalroq, kanadalik himoyachi "qizillar" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emasligi ma’lum bo‘lgandi. 23 yoshli fulbekning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Alfonsoning o‘zi kelasi yozda Karlo Anchelotti jamoasiga o‘tishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Devis ushbu mavsum Germaniya chempionatida 21uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar