"Real" sobiq futbolchisi vafot etdi
Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Gregorio "Goyo" Benito 73 yoshda vafot etdi.

"Real" oilasi bu yo‘qotishdan qattiq qayg‘uda. Biz uni jamoamizning eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida eslaymiz", - deyiladi klub ta’ziyanomasida.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik futbolchi "qirollik klubi" safida 13 mavsum to‘p surgan va jami 420 bahsda maydonga tushgan. U madridliklar safida 6 bor La Ligada, 5 bor Ispaniya kubogida zafar quchgan.

Fikrlar