
“Real” Evropa chempionati yulduzlaridan biriga ko‘z tikdi
“Daniya” terma jamoasi yarim himoyachisi Mikkel Damsgor Evropa chempionatidagi o‘yinidan keyn ko‘plab klublar e’tiborini qozondi. Ayniqsa, bu futbolchining Angliya terma jamoasi darvozasiga urgan goli ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.
Klublar miqyosida “Sampdoriya” sharafini himoya qilayotgan 21 yoshli futbolchini “Real” ham o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Lekin madridliklarga Mikkel Damsgorni qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligi aytilmoqda.
Chunki iste’dodli yarim himoyachi uchun “Barselona”, “Liverpul”, “Milan”, “Yuventus”, “Inter” va “Roma” da’vogarlik qilyapti.
Futbolchi klubi bilan 2024 yilning yarmigacha amal qiladigan shartnomaga ega ekanini inobatga olsak, “Sampdoriya” uning transferidan mo‘maygina daromad ko‘rishi mumkin.
Fikrlar