“Real” Evropaning eng iqtidorli futbolchisidan yuz o‘girdi

  • 05.03.2022 15:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Bayer” yarim himoyachisi Florian Virttsni olmaydigan bo‘ldi.

18 yoshli futbolchi Bundesliga klubida juda zo‘r o‘yin ko‘rsatmoqda. U yosh bo‘lishiga qaramay, jamoa etakchisiga aylangan. Evropaning ko‘p jamoalari uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Xususan, “Bavariya” bu yarim himoyachini Bundesligada olib qolishga bel bog‘lagan.

Virtts joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini o‘n marta ishg‘ol qildi, jamoadoshlarining 13 ta golliga hammuallif bo‘ldi.

Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. Transfermarkt vunderkindni 70 million evroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!