“Real” fanatlari klub prezidentini yo‘qotmoqchi
Madridning “Real” klubi muxlislari La Liganing 26-turida “Xetafe”ga qarshi o‘tkazilgan uy uchrashuvidagi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng klub prezidenti Florentino Peresning ketishini talab qilmoqda.
Jurnalist Migel Anxel Toribioning ma’lum qilishicha, o‘yindan keyin “Santyago Bernabeu” tribunalarida “Florentino — iste’foga!” degan shiorlar yangragan.
Bu “Real” uchun La Ligada ketma-ket ikkinchi, jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa uchun esa 12 o‘yindagi to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
“Real” 26 ta uchrashuvdan keyin 60 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Barselona” hisobidagi ochkolar soni 64 taga yetdi va madridliklarning ketma-ket muvaffaqiyatsizligi fonida ochkolar orasidagi farq o‘sib bormoqda.
Fikrlar