"Real" futbolchilari mundialda tarixiy rekordga yaqin
Kilian Mbappe Marokash darvozasiga kiritgan gol nafaqat Frantsiya terma jamoasini jahon chempionati–2026 yarim finaliga yaqinlashtirdi, balki uning klubi – madridlik "Real"ni ham tarixiy rekord ostonasiga olib chiqdi.
Hozircha bir jahon chempionati doirasida eng ko‘p gol urgan klublar sifatida uch jamoa qayd etilgan: vengriyalik "Gonved" (JCh–1954), germaniyalik "Bavariya" (JCh–2014) va PSJ (JCh–2022). Ularning futbolchilari har biri o‘z vaqtida musobaqa davomida 18 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Joriy mundialda madridliklar safida maydonga tushayotgan futbolchilar hozircha 17 ta gol muallifiga aylandi. Bu ko‘rsatkich allaqachon tarixiy natija hisoblanadi va "Real" futbolchilari qolgan o‘yinlarda uni yanada yaxshilashi kutilmoqda. Shu paytgacha shuncha golni faqat "Reyms" jamoasi vakillari (JCh–1958) qayd etgan edi. 16 tadan gol bilan esa "Benfika" (JCh–1966) va "Barselona" (JCh–1994) futbolchilari tarixga kirgan.

Fikrlar