"Real" futbolchilari narxi bo‘yicha yakka peshqadamlikni boy berdi
"Transfermarkt" portali Ispaniya La Ligasi futbolchilarining so‘nggi yangilanish natijalariga ko‘ra bozor narxlarini taqdim etdi. Ushbu yangilanishdan oldin tarkib qiymati bo‘yicha dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Madriddning "Real" klubi 49,5 mln yevroga arzonlashib, 1,31 mlrd yevroga tushdi va "Manchester Siti" bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
"Real"ning bozor narxi pasaygan 12 futbolchisi orasida, xususan, 18 yoshli Franko Mastantuno (€ -5 mln dan € 45 mln gacha), uzoq muddatli jarohat olgan Rodrigo (€ -10 mln dan € 50 mln gacha), shuningdek, markaziy himoyachilar Din Hausen (€ -5 mln dan € 65 mln gacha) va Antonio Ryudiger (€ -3 mln dan € 9 mln gacha) bor.
Ispaniya chempionatidagi 28 o‘yindan so‘ng "Real" ochkolarini 66 taga yetkazib, turnir jadvalida "Barselona"dan 4 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar