“Real” futbolchisi 20-marotaba jarohat oldi
“Real” klubi rasmiy saytida chap qanot himoyachisi Ferlan Mending jarohati haqida ma'lum qildi.
Klub tibbiy xizmati o‘tkazgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, futbolchida o‘ng oyok son qismidagi ikki boshli mushak jarohati aniqlangan.
Klub bayonotida: “Tibbiy xizmati o‘tkazgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Ferlan Mendida o‘ng oyok son qismidagi ikki boshli mushak jarohati aniqlandi. Hozircha uning holati kuzatilmoqda”, — deb yozilgan.
Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, bu fransuz himoyachisi uchun “Real”dagi faoliyati davomidagi 20-jarohat hisoblanadi.
Joriy mavsumda Ferlan Mendi barcha musobaqalarda beshta o‘yinda ishtirok etgan va hech qanday gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmagan.
Futbolchining “Real Madrid” bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar