"Real" futbolchisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
Madridning "Real" klubi safida yozda kelib qo‘shilgan Din Heysen xizmatlariga A Seriya klubidan qiziqish bor. Bu haqida "Lа Stampa" nashri ma’lum qildi.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda ispaniyalik himoyachini "Yuventus" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Turinliklar futbolchini yozgi transfer oynasida ijaraga olishni mo‘ljallamoqda.
Ayni vaqtda 20 yoshli futbolchining transfer bozoridagi narxi 65 million yevroga baholanmoqda. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Din "Yuventus" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi joriy mavsum "qirollik klubi" safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar