"Real" futbolchisi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

  • 23.09.2020 16:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha kun avval "Real" futbolchisi Martin Edegorda koronavirus infektsiyasi aniqlangani va u izolyatsiyaga olinganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Biroq klub rasmiy sayti bu ma’lumot yolg‘onligini va futbolchi sog‘lom ekanligini bildirdi. Barcha qatori norvegiyalik xavbek ham 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Real Betis" - "Real" Madrid uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi.

Avvalroq madridliklarning boshqa bir vakili Mariano Diasda koronavirus qayd etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!