“Real” futbolchisi narxini e’lon qildi
“Real” rahbariyati bosh murabbiy Zinedin Zidanga kerak bo‘lmay qolgan Alvaro Odriosolaning narxini e’lon qildi.
Qator klublar qiziqayotgan futbolchi uchun 20 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ni madridliklar hisobiga o‘tkazib bergan jamoa iste’dodli himoyachini olib ketishi mumkin bo‘ladi.
Mavsum boshida frantsiyalik murabbiy katta umidlar bilan Odriosolani “Bavariya” ijarasidan qaytarib olgan edi. Lekin u ishonchni oqlay olmadi. Joriy mavsumda atigi bitta uchrashuvda 57 daqiqa to‘p tepgan Alvaro bosh murabbiyni o‘z mahoratiga ishontira olmadi.
Fikrlar