"Real" futbolchisi Turkiyaga yo‘l olishi mumkin
Turkiyaning "Galatasaray" klubi "Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olish rejalashtirmoqda. Bu haqda "Defensa Central" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, germaniyalik futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Shu bois himoyachi qishda boshqa klublar bilan muzokaralarni boshlashi mumkin. Hozirda Turkiya klubi Ryudiger bilan kelishib olib, so‘ngra "Real"ga taklif jo‘natishni rejalashtirmoqda.
Antonioning ayni vaqtda "Transfermarkt" portalidagi narxi 12 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi 2022 yildan beri madridliklar safida harakat qilib keladi. Shu davr mobaynida himoyachi 161 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar