"Real" futbolchisiga APL klubidan taklif bor
"Real Madrid" futbolchisi Braim Dias faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, marokashlik futbolchini "Nyukasl" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Ingliz klubi vinger transferi uchun "qirollik klubi"ga yozda taklif bilan chiqishni reja qilmoqda.
Diasning hozirda transfer bozoridagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma'lumot uchun, Braim joriy mavsum "Real" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar