"Real" futbolchisiga Xitoy klubidan zo‘r taklif kelib tushdi

  • 13 sentabr, 2020, 23:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" vingeri Lukas Vaskes faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi Xitoy klubidan foydali taklif olgan va qaror qabul qilish uchun bir necha kun vaqt so‘ragan. Ammo “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Vaskesni yangi mavsum rejalariga kiritayotgani ushbu transferga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Vaskes “Real” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 206 ta o‘yinda maydonga tushdi va 24 ta gol hamda 46 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi esa yana bir yildan so‘ng nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!