“Real” futbolchisiga yangi xaridor chiqmoqda
Ijara asosida “Arsenal”da to‘p surayotgan “Real” yarim himoyachisi Dani Sebalos yozda jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.
“Valensiya” iste’dodli futbolchining transferi bo‘yicha madridliklar bilan muzokara o‘tkazmoqda. Bu jamoa Sebalosni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni reja qilgan.
23 yoshli pleymeyker joriy mavsumda Angliya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar