
“Real” Gvardioladan norozi yulduzni chaqirdi
“Manchester Yunayted” hujumkor futbolchisi Rahim Sterling faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
26 yoshli futbolchi “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola unga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayotganidan norozi bo‘lyapti va yozgi transferlar vaqtida boshqa klubga o‘tib ketmoqchi. Madridliklar aynan shu vaziyatdan foydalanib, tezkor futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Rahim Sterlingning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Uning noroziligiga qaramay, Xosep Gvardiola klub xo‘jayinlaridan futbolchi bilan yangi bitim tuzishni talab qilmoqda.
Sterling o‘tgan mavsumda 31 uchrashuvda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va ettita golli pas oshirdi. Iste’dodli futbolchi ko‘proq o‘yin o‘tkazmoqchi bo‘lyapti.
Fikrlar