“Real”: Hali Mbappe ham, yana bir necha yulduzlar ham keladi

  • 21 oktabr, 2023, 15:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozgi transferlar vaqtida transfer bozorida katta ishlarni amalga oshirishini rejalashtirmoqda.

Relevo nashrining ta’kidlashicha, madridliklar uchun PSJ hujumchisi Kilian Mbappe asosiy nishon bo‘lib qolaveradi. PSJ rahbariyati ham 24 yoshli forvardni ushlab qola olmasligini biladi. Shu bois, parijliklar unga yozda boshqa jamoaga o‘tish bo‘yicha band kiritilgan shartnoma taklif qilmoqda.

Bundan tashqari, “Real” yana kamida uchta o‘yinchini kutyapti. Rejaga ko‘ra, “Chelsi” sardori Ris Jeyms himoyaning o‘ng qanotidan, “Bavariya” vakili Alfonso Devis chap taraf tomondan o‘rin egallashi kerak.

Shuningdek, braziliyalik vunderkin Endrik 18 yoshga to‘lishi bilan “Real” bergan shartnomani imzolaydi va yozda Madridga ko‘chib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!