“Real” hujumchisi katta klubga o‘tishi kutilyapti

  • 05.01.2026 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” akademiyasidan yetishib chiqqan va yozda Xabi Alonso tomonidan asosiy tarkibga o‘tkazilgan hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Madrid klubidagi kuchli raqobat tufayli o‘yin amaliyotisiz g‘olib ketayotgan 21 yoshli futbolchiga Turinning “Yuventus” jamoasi jiddiy qiziqish bildiryapti.

Transfer bozorida talab yuqori bo‘lib qolayotgan ispaniyalik futbolchi oldida bir nechta variantlar bor.

Mashhur insayder Janluka di Marsio ma’lum qilishicha, “Yuventus” da’vogarlar orasida aniq va jiddiy maqsadi bilan ajralib turibdi.

Transfermarkt portali ekspertlari Gonsalo Garsiyaning transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda  “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi asosiy jamoada 18 ta o‘yinda qatnashdi, uchta gol ura va bir marta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!