“Real” hujumchisi ketishga ko‘nmayapti

  • 25 iyul, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning oldingi chizig‘ida raqobat juda kuchayib ketgan. Hatto universal hujumchi Rodrigo Goesga ham muntazam o‘yin amaliyoti kafolatlanmadi va klub braziliyalik yulduzdan voz kechishga ham tayyorligini bildirdi.

Tecno

Madridga katta umidlar bilan kelgan yana bir braziliyalik hujumchi Endrik atrofida ham xuddi shunday vaziyat vujudga keldi.

ESPN Brasil jurnalistlarining yozishicha, “Qirollik klubi” 18 yoshli futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va Evropa futboliga yanada yaxshiroq moslashishi uchun uni boshqa jamoaga ijaraga jo‘natmoqchi bo‘lyapti.

Biroq bu variant Endrikning o‘ziga ma’qul kelmadi. Yosh o‘yinchi Madridda qolib, asosiy tarkibga kirish uchun Kilian Mbappe va Vinisius Junior bilan raqobatlashishni istayapti.

Endrik 2024 yilning yozida “Palmeyras”dan olib kelingan edi. “Real”dagi debyut mavsumida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!