"Real" ikki futbolchisi bilan xayrlashadi
"Real Madrid" ikki himoyachi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
"AS" nashrining xabariga ko‘ra, Antonio Ryudiger va David Alaba jamoadan ketadiganlar ro‘yxatida. "Qirollik klubi" rahbarlari futbolchilarning tez-tez jarohat olishidan norozi. Bundan tashqari, Ryudiger va Alabaning "qaymoqranglilar" bilan shartnomalari kelasi yozda tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, David 2021 yildan beri, Antonio esa 2022 yil yozidan buyon ispan grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ispaniya chempionatining 12-turidan so‘ng Xabi Alonso jamoasi 31 ochko bilan turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
Fikrlar