
“Real” ikki yulduzni ko‘zladi
O‘tgan yozda biror bir transferga qo‘l urmagan “Real” mavsum yakunlangandan keyin bir necha nomdor futbolchilarni xarid qilishini ma’lum qilgandi.
Xususan, madridliklar Kilian Mbappe, Erling Xoland va Eduardo Kamavinga singari yosh bo‘lishiga qaramay, yulduz darajasiga etgan iste’dod egalariga xaridor hisoblanadi.
“Qirollik klubi” rahbariyati bu futbolchilarni ikki yil davomida qo‘lga kiritishni rejalashtirgan edi. Biroq, “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan zudlik bilan tarkibni kuchaytirish kerakligini aytmoqda.
Uning talabidan kelib chiqib, rahbariyati Erling Xoland va Eduardo Kamavingini qishki transferlar mavsumida olishga qaror qildi.
“Real” norvegiyalik hujumchi uchun “Borussiya”ga 75 million evro va Bundesligada zo‘r o‘ynagan Luka Yovichni berishga tayyor. “Renn” yarim himoyachisi uchun madridliklar 60 million evro taklif qilmoqda.
Kilian Mbappening transferi mavsum yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Fikrlar