"Real" "Inter"ga keraksiz bo‘lib qolgan futbolchini xarid qilmoqchi

  • 28 dekabr, 2020, 09:13
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda. 

Eriksen "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte bilan kelisholmay qoldi va asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi. "Inter" daniyalik havbekni qishki transfer oynasidayoq qo‘yib yubormoqchi. 

"Real" avval ham Eriksenni xarid qilishga uringan edi, biroq futbolchi yakunda "Inter"ga o‘tishga qaror qilgan. Qolaversa, uning xizmatiga "Arsenal" va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!