“Real” intizorlik bilan kutgan o‘yinchi keladigan bo‘ldi

  • 17 may, 08:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum nufuzli sovrinlardan quruq qolgan “Real” amalda yana bir katta transferni uddalab, tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga ulkan qadam tashladi.

Tecno

Madridliklar himoya markaziga “Bornmut”ning ispaniyalik legioneri Din Xyoysenni mo‘ljallagan edi. Muzokaralar ijobiy samara berdi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Din Xyoysen “Real” uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan va transferning keyingi bosqichlariga kirishishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli  iste’dodli himoyachi tibbiy ko‘rikdan London shahrida o‘tgan.

 “Real” ispan futbolchisi bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan besh yillik shartnoma imzolaydi. Madridliklar o‘yinchi uchun “Bornmut”ga 60 million evro atrofida badal puli to‘lashi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!