"Real" Italiya klubidan oʻz futbolchisini olib qoʻymoqchi

  • 02.10.2026 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Komo» jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy himoyachi Xakobo Ramon yaqin vaqtlarda yana madridlik «Real» safida paydo bo‘lishi mumkin.

21 yoshli futbolchi Sesk Fabregas boshqaruvidagi jamoaning asosiy tarkibidan mustahkam joy oldi. Shu bilan birga, uning Italiyada uzoq qolib ketishi kutilmayapti. Jurnalist Matteo Moretto ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi» o‘z tarbiyalanuvchisini kelasi yilyoq qaytarib olish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda. Bu transfer «Real» uchun nisbatan arzonga tushadi: klublar futbolchi Madriddan ketgan paytdayoq kelishib olgan orqa sotib olish bandi tufayli, uni 8–9 million yevro atrofidagi summa evaziga qaytarib olish mumkin.

Xakobo Ramon 2025 yil yozida «Komo» safiga qo‘shilgan edi. Shundan beri iste’dodli ispaniyalik himoyachi Italiya klubi tarkibida 43 o‘yin o‘tkazib, uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!