“Real” katta transferni hal qilishda “ayyorlik” qilmoqchi

  • 17 avgust, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozgi transfer bozoridagi ishlar yakunlanganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, klub mutasaddilari yana bir katta xaridni amalga oshirishga bel bog‘lagan.

Tecno

TodoFichajes nashrining yozishicha, madridliklar “Bavariya”dan Alfonso Devisni olish fikridan qaytgani yo‘q. Ular bu transferni kelasi yozga qoldirmaslikka harakat qilyapti.

Manbalarda qayd etilishicha, “Qirollik klubi” hozir 23 yoshli kanadalik himoyachi bo‘yicha “Bavariya”ga taklif tayyorlayapti. “Real” bu taklifni yozgi transferlar oynasi yakunlanish arafasida bermoqchi.

Chunki madridliklar “Bavariya” bu vaziyatdan tezkor qaror qabul qilishga majbur bo‘lishini inobatga olmoqda. Chunki myunxenliklar “Real”ning taklifini qabul qilmasa, Alfonso Devis “Bavariya”da so‘nggi mavsumini o‘tkazadi va kelasi yili erkin agent sifatida o‘zi o‘tishni istayotgan “Real”ga tekinga qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi.

“Qirollik klubi” bungacha bir necha bor o‘yinchini so‘rab qilgan murojaatlari qabul qilinmadi. Madridliklar Devis uchun 35 million evrodan ko‘pini bermoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!