
"Real" ketma-ket 3 ta transfer oynasidan buyon birorta ham futbolchi sotib olmadi
"Real" yana bir transferlar oynasida hech qanday futbolchi sotib olmadi. Shu tariqa, “Qirollik klubi” ketma-ket 3 ta transfer oynasidan buyon, hech qanday xaridni amalga oshirmadi.
"Real" so‘nggi bor 2019 yilning yozida yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolagan edi. O‘shanda madridliklar 350 million evro sarflab, Eden Azar, Luka Yovich, Eder Militao, Ferlan Mendi, Rodrigo Goes va Reyner kabi futbolchilarni sotib olgan.
Shundan buyon, “Real” faqat futbolchi sotmoqda. O‘tgan davr mobaynida ular futbolchilar sotuvidan 100 mln evro atrofida daromad ko‘rdi.
Fikrlar