
"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga kimlarni olib boradi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Santyago Solari joriy yilning 12-22 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun qaydnomani e’lon qildi.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” ushbu musobaqada quyidagi 23 nafar futbolchi bilan ishtirok etadi:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Keylor Navas, Kiko Kasilya;
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Alvaro Odriosola, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Serxio Regilon;
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Markos Lorente, Toni Kroos, Luka Modrich, Isko, Marko Asensio, Dani Sebalos, Federiko Valverde;
Hujumchilar: Karim Benzema, Garet Beyl, Vinisius Junior, Lukas Vaskes, Mariano Dias.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan "Real" turnirdagi yurishini yarim final bosqichidan boshlaydi.
Fikrlar