“Real” Kroosning o‘rnini bosadigan o‘yinchi topdi

  • 15 may, 2024, 14:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yoshi o‘tib qolayotgan futbolchilar o‘rniga ularga munosib o‘rinbosar topishga harakat qilmoqda.

Tecno

Tez orada jahon chempioni Toni Kroosning madridliklar bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi. “Qirollik klubi” xo‘jayinlari germaniyalik tajribali yarim himoyachi o‘rniga uning vatandoshi Florian Virttsni olib kelmoqchi.

Virtts yosh bo‘lishiga qaramay, bir necha mavsumdan beri “Bayer” etakchisi hisoblanadi va joriy mavsumda leverkuzenliklarning chempionligiga munosib hissa qo‘shdi.

Sport Bild nashrining yozishicha, bu transfer ko‘proq Kroosning jamoadan qachon ketishiga bog‘liq. Agar Toni kelasi mavsum ham Madridda qolsa, Virttsning transferi bir yildan keyin amalga oshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!