"Real" Kurtua bo‘yicha qaror qabul qildi
«Real» klubi Tibo Kurtua kelajagi bo‘yicha o‘z qarorini qabul qildi. The Touchline nashri COPE radiosi jurnalisti Migel Anxel Diazga tayanib xabar berishicha, yaqin haftalarda madridliklar rahbariyati belgilaylik darvozabonning vakillari bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Klub Kurtua bilan amaldagi shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish niyatida.
Hozirgi shartnoma 34 yoshli Tibo Kurtua va «Real» o‘rtasida joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Belgiya terma jamoasi posboni Madrid klubiga 2018 yil yozida «Chelsi»dan o‘tganidan beri darvozani qo‘riqlab kelmoqda.
Shu vaqtgacha Kurtua «Real» tarkibida 338 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 329 gol o‘tkazib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha «Real» Chempionlar ligasidagi navbatdagi mavsumini g‘alaba bilan boshladi. Madrildliklar «Inter» ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar