"Real" Kurtua o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi

  • 23.10.2019 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi rahbariyati o‘zini oqlamayotgan darvozabon Tibo Kurtua o‘rniga yangi nomzod qidirishni boshlab yubordi.

El Desmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” belgiyalik posbon o‘rniga "Atletik" Bilbao darvozaboni Unai Simon nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 22 yoshli futbolchining transferi “Real”ga 50 mln evroga tushishi mumkin. Chunki, uning “Atletik” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli aynan 50 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun,  Simon “Atletik” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!