
“Real” liverpulliklar yulduzi bilan kelishuvga erishdi
“Liverpul” o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish ehtimoli oshib bormoqda.
Cadena Ser nashrining xabar berishicha, “Real” 25 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, tomonlar dastlab to‘rt yillik bitim tuzadi.
“Real” mutasaddilari bu transferni amalga oshgan, deb hisoblayapti. Eng muhimi, Trent madridliklarga bepul tushadi. Chunki futbolchining “Liverpul” bilan kelishuvi 30 iyun kuni yakunlanadi.
“Liverpul” o‘z tarbiyalanuvchisi bilan hamkorlikni uzaytirishga harakat qilib ko‘rdi. Biroq himoyachi ilgari surgan talablar klubga ma’qul kelmadi.
Transfermarkt portali ekspertlari Angliya Premer-ligasining eng mahoratli himoyachilaridan birini 75 million evroga baholamoqda.
Fikrlar