“Real Madrid” afsonasi Vinisius Juniornі keskin tanqid qildi

  • 08.04.2026 17:37
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Rafaél van der Vart Chempionlar ligasida “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng “Real Madrid” yulduzi Vinisius Juniyor haqida juda keskin fikrlar bildirdi.

Men uning katta iste’dodini tan olgan bo‘lsam-da, uning maydondagi ayrim harakatlari o‘yinning tomosha zavqini buzayapti. Men Vinisiusni o‘yinni tomosha qilishdan nafratlanaman. U aslida ajoyib futbolchi. Lekin u kichik turtilishda ham o‘zini yerga tashlaydi. Bu esa uning iste’dodiga soya soladi”, - dedi Madrid klubi sobiq futbolchisi. 

Shuningdek, u braziliyalik futbolchining hakamlarni chalg‘itishga urinishini ham ta’kidladi: 

U kartochka kutayotganda g‘oyoki og‘riqdan azob chekayotgandek yerda yotadi, lekin bir necha soniyadan keyin hech narsa bo‘lmagandek turib, yugurishda davom etadi. Bunday harakatlari futbol ruhiga zid”, - deya uni tanqid qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!