"Real Madrid" Arbeloani iste'foga chiqaradimi?
"Real Madrid" klubida yana bosh murabbiy oʻzgarishi mumkin. Bu haqida Indykaila nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, "qaymoqranglilar" yaqin kunlarda Alvaro Arbeloani isteʼfoga chiqarishi mumkin. Agar klub rahbariyati uning tayinlanishi jiddiy xato boʻlgan, degan xulosaga kelsa, Arbeloa darhol lavozimidan ozod etiladi. Avvalroq, Xabi Alonso oʻzaro kelishuv asosida shartnoma bekor qilib, jamoani tark etgan edi.
Maʼlumot uchun, madridliklar yangi murabbiy qoʻl ostidagi uchrashuvda "Albasete" jamoasiga magʻlub boʻlib, Ispaniya kubogini tark etdi.

Fikrlar