"Real Madrid" bosh murabbiyi "Getafe"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi
La Liganing 26-turida kutilmagan natija qayd etildi. Unda "Real Madrid" o‘z uyida "Getafe"ga imkoniyatni boy berdi. “Qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mag‘lubiyat va chempionlik poygasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Barselona"dan ortda qolish haqida:
“Biz uni qisqartirishimizga ishonamiz, yagona maqsadimiz — qolgan 36 ochko uchun kurashish. Bu “Real Madrid”, bu yerda hech kim taslim bo‘lmaydi. “Real Madrid”da hech kim taslim bo‘lmoqchi emas.”
La Liga chempionligi uchun kurashdan chiqildimi?
“Yo‘q, oldimizda yana 36 ochko bor va bizda ushbu 36 ochko uchun kurashishdan boshqa maqsad yo‘q. Hech kim taslim bo‘lmoqchi emas. Biz to‘rt ochkolik farqni qisqartirishimizga ishonamiz. Bu “Real Madrid” va bu yerda hech kim taslim bo‘lmaydi.”
Ma’lumot uchun, “qaymoqranglilar” ayni paytda turnir jadvalida 60 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam kataloniyaliklardan 4 ochko kam jamg‘argan.
Fikrlar