Asosiy mazmunga oʻtish

"Real Madrid" futbolchisi faoliyatini chempionshipda davom ettirishi mumkin

Izohlar: 0

"Real Madrid" futbolchisi yana ijaraga berib yuborilishi mumkin

Reynier Jezus faoliyatini chempionshipda davom ettirishi mumkin. "Norvich" 22 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Chempionship klubi "Real Madrid" bilan ijara shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qayd etilishicha, Angliya klubi shartnomaga keyinchalik sotib olish huquqini ham qo‘shmoqchi. Biroq, ispan grandi shu paytga qadar futbolchining birorta ijarada o‘ynagan jamoasida bu band qo‘shilishiga ruxsat bermagan. Shu sababli, tomonlar katta extimol faqatgina bir mavsumlik ijara kelishuvi bo‘yicha muzokaralarga kirishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Reynier Jezus 2020 yilda "Flamengo"dan 30 million evro evaziga "Real Madrid"safiga ko‘chib o‘tgan. Biroq, "qaymoqranglilar" safida birorta rasmiy o‘yin o‘tkazmagan.

Ya’ni u 2020 yildan beri u "Borussiya Dortmund", "Jirona" va "Frozinone" klublarida ijara asosida harakat qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q