
"Real Madrid" futbolchisining harakatlari yana muhokama markazida
Yaqin o‘tmishda ancha ko‘zga ko‘ringan hakam sifatida faoliyat olib borgan ispaniyalik Alfonso Peres Borrulning fikricha, avvalgi haftadagi "Real Madrid" - "Alaves" bahsida Endrik maydondan chetlatilishi kerak edi.
"Ushbu o‘yinning 82-daqiqasida "Real" hujumchisi Endrik raqib himoyachisiga qarshi o‘ta qo‘pol o‘ynadi. Bosh hakam esa, faqatgina sariq kartochka ko‘rsatish bilan kifoyalandi.
" To‘g‘ri bu zarba xavfli ham, haddan tashqari tajovuzkor ham bo‘lmagan bo‘lsa-da, vaziyatning to‘psiz holatda sodir bo‘lganligi futbolchining maydondan chetlatilishiga olib kelishi kerak edi", - dedi sobiq hakam.
Fikrlar