"Real Madrid" himoyachisi "Bavariya"ga qarshi javob o'yinni o'tkazib yuboradi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio bo‘lajak muhim o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ispaniyalik futbolchi Myunxenning "Bavariya" klubiga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvi uchun qaydnomaga kiritilmagan. "Marca" nashri ma’lumotiga ko‘ra, Asensioda gastroenterit kasalligi aniqlandi.
23 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
"Real" va "Bavariya" o‘rtasidagi javob o‘yini 15 aprel kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Ilk o‘yin Myunxen jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Fikrlar