"Real Madrid" Krossga o‘rinbosar topdi

  • 11.10.2025 17:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi "Kristal Pelas"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqish bildipmoqda. Ispan grandi uni Toni Krossga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchi Xabi Alonso jamoasi uchun zarur bo‘lgan sifatlarga ega. Ammo Uortonning "Real"ga o‘tishiga uning narxi to‘siq bo‘lishi mumkin, chunki "burgutlar" futbolchini 80 mln evrodan kamga sotishni rejalashtirmayapti.

Ta’kidlanishicha, "qaymoqranglilar" Adamni xarid qilish uchun 80–90 mln evroga baholanayotgan hujumchi Rodrigoni transferga qo‘yishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Uorton barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 mln evroni tashkil etadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!