"Real Madrid" nishonidagi himoyachi bilan kelishuvga erishdi

  • 25 mart, 16:26
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Trent Aleksander-Arnold "Real Madrid" bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.

Tecno

Insayderning ma’lum qilishicha, "Liverpul" himoyachisining agentlari Madrid klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Trent "Real" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi - bu shartnoma 1 iyuldan, ya’ni himoyachining erkin agentga aylanganidan so‘ng kuchga kiradi.

Ta’kidlanishicha, "Real" Trentga har mavsumda taxminan 15 million evro taklif qilishga tayyor. "Liverpul"da esa himoyachining yillik maoshi 11 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!