
“Real Madrid” Ronalduni tabrikladi
Millatlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan Portugaliya-Xorvatiya (2:1) uchrashuvida Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 900-golini kiritdi va futbol tarixida bunday natija qayt etgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Ronaduning sobiq klubi “Real Madrid” futbolchini tarixiy natija bilan tabrikladi.
“Yana bir tarixiy natija: “Real Madrid” va jahon futbolining eng buyuk afsonalaridan birining professional faoliyatida 900-golini darvoza to‘riga kiritdi.
Tabriklaymiz, aziz va suyukli Krishtianu! “Real Madrid” va uning muxlislari sen bilan doim faxrlanadi”- deb yozib qoldirdi “qirollik klubi” o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Real” safida 450 ta gol urgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar