Asosiy mazmunga oʻtish

"Real Madrid" Saudiya Arabistonidan futbolchi sotib olmoqchi edi. Biroq...

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Futbolchi Portugaliya terma a’zosi hisoblanadi.

Madridning "Real" klubi "Al-Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesni sotib olmoqchi edi.

Bir necha kun avval "qirollik klubi"ning "Al-Hilol" xavbeki Ruben Neves bilan aloqaga chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbada yozilishicha, portugaliyalik futbolchi qishda "qaymoqranglilar" safiga borib qo‘shilishni istamoqda, biroq klub prezidenti Florentino Peres bu transferni ma’qullamayapti. Ruben Neves 2023 yildan buyon Saudiya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. "Transfermarkt" portali futbolchini 25 million yevroga baholagan. Futbolchi Portugaliya terma a’zosi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli xavbek avvalroq, "Portu" va "Vulverxempton" jamoalarida to‘p tepgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q