"Real Madrid" sobiq bosh murabbiyinі ortga qaytarishi mumkin

  • 16.01.2026 15:09
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" Joze Mourinyoni jamoaga olib kelishi mumkin.

Madridning "Real" klubi Joze Mourinyoni ortga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Portugaliyalik mutaxassis ayni vaqtda "Benfika" jamoasini boshqarmoqda. Xabarlarga ko‘ra, lissabonliklar rahbariyati "Real" Mourinyoga aloqaga chiqsa, uning ketishiga qarshilik qilmaydi. Agar u jamoani tark etadigan bo‘lsa, "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Ruben Amorim Lissabon klubining yangi murabbiyi bo‘lishi mumkin. 62 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. 

Ma’lumot uchun, Mourinyo "Benfika"ni 2025 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!