"Real Madrid TV": Sharmandali hakamlikdan aziyat chekdik

  • 11.04.2026 03:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

“Real Madrid” klubi televideniyesi “Jirona”ga qarshi oʻyin (1:1)dan soʻng hakamlikni keskin tanqid qildi.

Kanal fikricha, Kilian Mbappega nisbatan ikki holatda ham penalti belgilangan. Hujumchi 68-daqiqada Aleks Moreno bilan toʻqnashuvdan soʻng va 88-daqiqada Vitor Reis bilan kontakt natijasida jarima maydonida yiqilgan.

Ikkinchi epizodda himoyachi fransiyalik futbolchining yuziga qoʻli bilan tekkan, biroq bosh hakam Xavyer Alberola Roxas har ikki vaziyatda ham penalti belgilamagan.

Madrid yomon oʻynadi, ammo sharmandali hakamlikning oqibatlarini ham natijaga taʼsir qilganini taʼkidladi.

“Bu Negreyraning oqibati. Bu Negreyraning ligasi”, — deb xabar berdi klub kanali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!