"Real Madrid" Vinisiusni olib qolishga yaqin

  • 4 mart, 17:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Vinisius Junior "Real Madrid" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga yaqin. Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirishga intilmoqda, "Real" va Braziliya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi yozda yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlaydi.

Shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladigan Vinisiusga Saudiya Arabistonidan 5 yilga 1 milliard evrolik taklif mavjud.

"Real" rahbarlari futbolchining vakillari bilan moliyaviy talablarni muhokama qilishdi va uning istaklarini o‘rganib chiqib, mavsum yakunida bu masalaga qaytishga kelishib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!